alt alt    alt

 
КИРИШ/РЎЙХАТДАН ЎТИШ
00:00
Now playing
Выберите радиостанцию
Креатив

Mercedes-Benz kompaniyasi Vision One-Eleven futuristik superkarini taqdim etdi

Vision One-Eleven yangi avlod akkumulyatorlari va magnit oqimli ikkita YASA elektromotori bilan jihozlangan. Ular odatdagidan kichikroq va yengilroq bo'lib bu avtomobilga keng imkoniyatlarni taqdim etadi. 

alt

Mercedes-Benz Vision One-Eleven konsepsiyasi 70-yillardagi modelining yangi talqini sifatida ishlangan. Unda "chayka qanotli" eshiklar, pastga qaratib ishlangan old qismi va to‘q sariq mis rangli kuzov mavjud. Old panjara o‘rniga pikselli ekran o'rnatilgan. Avtomobilning rangi yorug‘lik darajasiga qarab o‘zgaradi.


 Taste It loyihasida maskaningiz yoki mehmonxonangiz ishtiroki uchun, bizga xabar bering-mediakit

             MYDAYTV  UzdigitalTVMegogoAllplayiTVMediabayUZD+, BeelineTV, va boshqa                  platformalarda, hamda Telegramda Join/ tugmasi bosib to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilish mumkin.



Vision One-Eleven tashqi ko‘rinishi One-Bow’ning o‘ziga xos uslubidan kelib chiqqan holda loyihalashtirilgan. Avtomobilning o'ziga xos ko'rinishdagi, kuzovga juda mos keladigan g‘ildiraklari yuqori dizayn bilan ishlangan.  

alt


Salon qismi o'ta hashamdor qilib ishlangan. Yuqori texnologik xususiyati tufayli, tanlangan haydash rejimiga qarab, salon muhiti o'zgarib boradi. Bezak uchun materiallarning o'ziga xos kombinatsiyasi qo‘llanilgan: sintetik oq mato, olov rangli koja va jilolangan alyuminiy. Vision One-Eleven’dagi o‘rindiq yostiqlari polga mustahkam mahkamlangan bo‘lib, formula mashinalari saloni muhitini yaratadi. Shu bilan birga o‘rindiqlarda keng funksiyali sozlash imkoniyatlari ham mavjud.

alt

8-bit grafikli keng ekranli displey o‘tmishga, qo‘shimcha interfeys va yuqori funksiyalar esa kelajakka dalolatdir. Magic Leap 2 ta ko‘zoynagi yordamida mashina ichidagi va tashqarisidagi maydonni keng ko'lamda ko'rish mumkin. Ulovdagi yuqori texnologik imkoniyatlar real dunyoga raqamli elementlarni qo‘shish, bilan birga keraksiz hamma narsani - tom to‘sinlari, kapot va hatto polni "Olib tashlash" imkonini beradi.

alt

Vision One-Eleven elektron harakatlantirish tizimiga ega. Batareyada yangi kimyoviy tarkib va ​​suyuqlik bilan sovutilgan silindrsimon elementlardan foydalaniladi. Superkar o‘qli magnit oqimiga ega ikkita YASA elektrodvigateli yordamida harakatga keladi. Ushbu tuzilish juda kuchli va ixcham qurilmalarni yaratishga imkon beradi. Vision One-Eleven dvigatelining og‘irligi bir xil quvvatga ega odatiy elektromotor og‘irligining atigi uchdan bir qismini tashkil etadi, bu esa dizaynerlar va muhandislar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. 

alt

Yangi modelni, avvalgi C111’ning zamonaviy talqini deb atashmoqda va u avvalgisi singari seriyali bo‘lmaydi. 


 

Kunutun.uz нинг Telegram’даги расмий каналига обуна бўлиб, янгиликлардан кунутун хабардор бўлинг.
Нашр санаси: 30-08-2023

ИЗОҲЛАР 0

Авторизация Изоҳ қўшиш учун авторизация қилинг