alt alt    alt

 
КИРИШ/РЎЙХАТДАН ЎТИШ
00:00
Now playing
Выберите радиостанцию
Янгиликлар

Ferrari odatiy yo'llarda harakat qila oladigan SF90 XX Stradale superkarini taqdim etdi

alt

Automobilni ishlab chiqishda asosan XX Racing Division muhandislari ish olib bordi. Shuningdek Flavio Manzoni boshchiligidagi Ferrari dizayn markazi ham mazkur jarayonda ishtirok etgan. Ular SF90 tayanch modelini qo‘shimcha aerodinamik elementlar bilan to‘ldirib,  automobil kuzovni butunlay qayta loyihalashtirdilar.

alt

Mashinaning tashqi paneli deyarli butunlay o'zgargan. Orqa tomondagi an’anaviy to‘rtta chiroq, yaxlit bir chiziqli faraga almashgan. Old va yon tomondan havo qabul qilish kanallari kengaytirildi, havo chiqarish uchun g‘ildirak kamarlari ustida teshiklar ochildi, pastki qism konfiguratsiyasi o‘zgartirildi. Shu bilan birga maksimal tezlikda, oldingi o‘qdagi turg'unlik kuchini 325 kg gacha yetkizadigan kattaroq old splitter o‘rnatildi.


Orqa tomon ustunlarga havo muvozanatini saqlash uchun katta orqa qanot o‘rnatildi. U 250 km / soat tezlikda 315 kg ga teng bo‘lgan bosish kuchini hosil qiladi. Superkar uchun aerodinamik elementlar konfiguratsiyasi optimallashtirilgan


alt


Mashinaning uchta elektr dvigateli yanada kuchaytirilib jami 233 ot kuchiga ega bo'ldi. Natijada, gibrid tizimning eng yuqori quvvati 1000 dan 1030 ot kuchiga ko‘tarildi. Butun tizimning kalibrlashlari qayta ishlab chiqildi. Jumladan sakkiz pog‘onali automatlashtirilgan uzutmalar qurtisi shular jumlasidan.

alt

Automobilning shinalari ham yangilandi. Old tomon shinalarning sovutish tizmi yaxshilandi, orqa qismga esa kattaroq diametrli disklar o‘rnatildi. Salondagi o‘zgarishlar esa ko‘proq uglerod tolasi, yengilroq o‘rindiqlar va soddalashtirilgan panel chegaralaridan iborat. SF90 XX Stradale kupening haqiqiy vazni 1560 kg, Spayderniki esa 1660 kg. "Yuzgacha" tezlashuv vaqti asosiy model uchun 2,5 s dan 2,3 s gacha qisqartirildi. 200 km/soat tezlikka kupe 6,7 soniya o‘rniga 6,5 ​​soniyada, Spayder esa 7,0 soniya o‘rniga 6,7 ​​soniyada erishadi. Ammo aerodinamika sabab maksimal tezlik 340 dan 320 km/soatgacha pasaydi.

alt


Endilikda 799 ta SF90 XX Stradale kupe va 599 ta o‘xshash Spayderlar ishlab chiqariladi. Ushbu modellar hozirda buyurtma berish uchun mavjud. SF90 XX narxi Stradale kupe uchun 770 000 yevrodan boshlanadi va Spayder uchun 850 000 yevrogacha oshib boradi. 
 

Kunutun.uz нинг Telegram’даги расмий каналига обуна бўлиб, янгиликлардан кунутун хабардор бўлинг.
Нашр санаси: 09-08-2023

ИЗОҲЛАР 0

Авторизация Изоҳ қўшиш учун авторизация қилинг