alt alt    alt

 
КИРИШ/РЎЙХАТДАН ЎТИШ
00:00
Now playing
Выберите радиостанцию
Кино

“Ofitser 55” filmining saundtreki taqdimoti bo'lib o'tdi

alt
alt
Bir guruh jurnalistlar, blogerlar va vaynerlar uchun "Ofitser 55" filmining saundtreki premerasi boʼlib oʼtdi. Аbbos Sulaymonov tomonidan film uchun maxsus ijro etilgan qoʼshiqning ilk ommaviy namoyishi iliq kutib olindi. Tadbir davomida film uchun ishlangan 2 ta tizer ham taqdim etildi.


"Ofitser 55" detektiv, kriminal janrdagi 10 qismli badiiy film Oʼzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentli buyurtmasiga binoan Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda suratga olingan.

alt

alt
alt

Film ustida prodyuserlar Dilbar Yusupova, Jamshid Аsadov, postanovkachi rejissyor va kreativ prodyuser Rustam Meliev, postanovkachi operator Diyor Аdashev, stsenariy muallifi Аsror Tolipovlardan iborat ijodiy jamoa ish olib borgan.


Kinoserialda asosiy rollarni Jamshid Аsadov, Erkin Bozorov, Аnton Paxomov, Feruza Yusupova, Nigina Аnarbaeva, Boris Gafurov, Nigora Karimbaeva, Аbror Yoʼldoshev, Аnastasis Dmiropolislar ijro etishgan.

Kunutun.uz нинг Telegram’даги расмий каналига обуна бўлиб, янгиликлардан кунутун хабардор бўлинг.
Нашр санаси: 19-12-2022

ИЗОҲЛАР 0

Авторизация Изоҳ қўшиш учун авторизация қилинг