alt alt    alt

 
КИРИШ/РЎЙХАТДАН ЎТИШ
00:00
Now playing
Выберите радиостанцию
Болаларга

“Qahramonlar davri” bolalar kitobi turkumi

Sayyoramizni asrab-avaylash, uning ekologik muhitini yaxshilash haqida hikoya qiluvchi, motivatsion hikoyalar jamlangan rasmli rang-barang kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur kitob qahramonlari – okean, oʼrmon, sahro va osmon jonivorlarining bolalari hisoblanadi. Kitob mazmuni bolalikdan sayyoramiz va unda yashovchi mavjudotlarni ardoqlashni oʼrgatib, odamlar ongini oʼzgartirishdan iboratdir. 

alt
alt
alt

Kitoblar auditoriyasi: 6-10 yoshdagi bolalar. 
Hajmi: 64-74 bet.
Tili: oʼzbek va rus tillari.
Formati: illyustratsiyalarga boy boʼlgan rangli nashr.
Kitoblar taqdimot qilish uchun katta tadbir tashkillashtirildi. Kitob muallifi Madina Moʼminova tashabbusi bilan tashkil etilgan taqdimotga ko'plab poytaxt mehmonlari, bolalar, san'at va madaniyat hodimlari tashrif buyurdi. 

alt
alt
alt
alt

Birinchi qitobda,plastik chiqindilarning haddan ziyod koʼpayib ketgani, neft va zararli oqova suvlarning toʼkilishi dengiz hayvonlarining hayotini zaharlay boshlagani haqida so'z boradi. Okeanda Plastikal deya ataluvchi bir mahluq paydo boʼlib, u dengizda yashaydigan barcha jonivorlarning hayotiga xavf sola boshlaydi.


alt
alt
alt

Ikkinchi kitob "Doktor Chixaxl i uning mudhish siri" Yosh bloger – chumchuq Robik mustaqil ravishda taftish ishlarini olib boradi. U “Hayvonot xabarlari” gazetasiga har kuni havoning tutunga toʼlib ketayotgani haqda maqolalar yozadi. Bunda laboratoriyasi katta zavodning tomida joylashgan Doktor Chixaxl degan kimsani aybdor deb biladi.

alt
alt
alt
alt

Uchinchi kitob – "Аnubis Maymunus va hayvonlarning arvohlari" brakonerlik va sayyora bioxilmaxilligining yoʼqolib borishi muammosiga bagʼishlansa, toʼrtinchi kitob – "Zahramahrning qoʼrquvlari yoki barchasida kim aybdor?" asari oʼrmon yongʼinlari haqida hikoya qilib, ekologik muammolardan soʼzlovchi turkumga chiroyli yakun yasaydi.

alt
alt
alt

Kitobdagi qahramonlari kitobxonlarga, xayrli ishlar qilishga, tabiatni ashrashga, yagona ekotizimizni keyingi avlodlarga o'z holicha qoldirishga undaydi.

alt

Kunutun.uz нинг Telegram’даги расмий каналига обуна бўлиб, янгиликлардан кунутун хабардор бўлинг.
Нашр санаси: 18-05-2023

ИЗОҲЛАР 0

Авторизация Изоҳ қўшиш учун авторизация қилинг